Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

MA’LUMOTNOMA


O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyaning (keyingi o‘rinlarda – maxsus komissiya) bayoniga muvofiq:

respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalari va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini xarakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilinib, 2020 yil  oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berilgan (50-son bayon 13-band);

Havo va temir yo‘l qatnovlari orqali tashrif buyurayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun havo yoki temir yo‘l qatnoviga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PZR (polimera zanjirli reaksiya) orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etishi talab etiladi;

Bundan tashqari, 2021-yil 13-martdagi Maxsus komissiyaning bayoniga muvofiq, Tashqi ishlar vazirligiga Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus bilan bog‘liq mamlakatga kirish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingani, yangi avia va temir yo‘l qatnovlari tashkil etilayotgani to‘g‘risida o‘z rasmiy veb-sahifalarida hamda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy hamkorlar, investorlar va turoperatorlarga maʼlum qilish vazifasi yuklatilgan 
(65-son bayon 4-band);

joriy yilning 20 iyulidan O‘zbekiston Respublikasiga avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test tekshiruvi orqali manfiy natija qayd etilgan ma’lumotnoma taqdim etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Bunda, havo va temir yo‘l qatnovi orqali O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishda Respublikasi maxsus komissiyasining 2021-yil 13-martda joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishda dunyo bo‘ylab samaradorligini e’tirof qilingan vaksina bilan emlanganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki qonda koronavirus infeksiyasiga qarshi antitana mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga cheklovlarsiz kirib kelish tartibi saqlanib qolinadi.

Belgilansinki:

a) tashrif buyurayotgan shaxsda PZR testning manfiy natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjudligidan qat’i nazar avtoyo‘l chegara o‘tkazish punktlari orqali kirib kelayotgan shaxslar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan chegara o‘tkazish punktlarida faoliyat yuritadigan maxsus klinika yoki laboratoriyalarda koronavirus infeksiyasi antigenini ekspress test olinadi;

b) koronavirus infeksiyasiga ekspress test natijalari musbat chiqqanda:

chet el fuqarolari (O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bundan mustasno) O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmaydi;

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tegishli hududda joylashgan koronavirus infeksiyasini davolashga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi yoki uy sharoitida davolanishga yo‘naltiriladi (78-son bayon, 3-band)

Maxsus komissiyaning 80-son bayoniga muvofiq:

Pokiston va Hindiston davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolar faqatgina turoperator xizmatlaridan foydalangan holda tashrifni amalga oshirishi mumkin;

Pokiston va Hindiston davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqarolar polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi manfiy natija ko‘rsatgan taqdirda mehmonxonaga joylashtiriladi;

Pokiston va Hindiston davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqarolar polimeraza zanjirli reaksiya (PZR) laboratoriya test sinamasi musbat natija ko‘rsatgan taqdirda belgilangan tartibda harakatlanadi;

Pokiston va Hindiston davlatlaridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqarolarga 14 kunlik karantin rejimidan so‘ng uchinchi davlatga chiqishga ruxsat beriladi;

havo kemasi sig‘imidan qat’iy nazar, Pokiston va Hindiston davlatlaridan bitta bort orqali tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar yagona mehmonxonaga joylashtiriladi va ushbu mehmonxonaga boshqa havo kemasida tashrif buyurgan fuqarolarni joylashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Pokiston va Hindiston davlatlaridan davolanish muolajalarini o‘tab kelayotgan fuqarolar tibbiy holatiga muvofiq maxsus shifoxonalarda karantin davrini o‘tashlariga ruxsat beriladi.

Pokiston va Hindiston davlatlaridan tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning karantin davrini mehmonxonalarda o‘tashlari ilovaga muvofiq tashkil etiladi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikada fuqarolar tomonidan tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, dezinfeksiya ishlarini o‘tkazib borish talabi bugun kunda saqlab qolinganligi ma’lum qilinadi.