Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

2022-yil 14-may kuni Bosh konsulxonada "OCHIQ ESHIKLAR KUNI".


2022-yil 14-may kuni soat 10:00dan 16:00ga qadar O'zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasida fuqarolar uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" tashkil etiladi. 
 
Qabulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (Ombudsman) – Feruza Eshmatova va O’zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig’i – Ravshan Ibragimov hamda konsulxona diplomatlari ishtiroklari rejalashtirilgan. 
 
Shu bilan birga, Bosh konsulxonada doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakili bilan tanishuv bo’lib o’tadi. 
 
Kun davomida savollaringiz, shikoyat, taklif va murojaatlaringiz yozma va og’zaki shaklda qabul qilinadi. 
  
Eslatib o’tamiz, Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari Davlat himoyasidadir. 
    
Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi haqidagi batafsil ma’lumot quyida keltirilgan:    
Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sok. No:8 Beşiktaş / İSTANBUL    
Tel: 0212 323 20 37 (39)   
Veb-sahifa: http://uzconsulate.org.tr/    
E-mail: uzbekconsul@yahoo.com   
Telegram: https://t.me/istanbul2020Boshkonsulxona 
Instagram: istanbul_boshkonsulxonasi 
Facebook: https://www.facebook.com/uzconistanbul/