Avval habar qilinganidek, Bosh konsulxona binosida haftaning har juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 ga qadar “ADS Hukuk” firmasining advokati, vatandoshlarimiz savollariga bepul javob berish tashkil etildi.
8 iyul kuni quyidagi masalalar yuzasidan murojaat etildi:
- fuqaromiz boshqa davlat fuqarosiga turmushga chiqib, Istanbulda qonuniy ro’yhatga o’tish;
- savdo markazidan pul to’lamasdan mahsulot olib chiqishi va buning natijasida unga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan tergov;
- 29 nafar fuqarolarimiz Turkiya orqali hajga borish maqsadida kelib aldanib pasportlarini turk fuqarosiga berib qo’yib ola olmay sarson bo’lishi;
- Medikana shifohonasida noto’g’ri amaliyot o’tkazilishi natijasida sog’lig’iga putur yetkazish;
- O’zbekiston fuqarosi Rossiyada farzandli bo’lib, tug’ilganlik guvohnomasini tasdiqlatish muammosi.
Murojaat etganlar o’z savollariga javob oldilar.
Navbatdagi advokat bilan uchrashuv 15 iyul kunidir.