Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni poytaxtimizda o‘tayotgan milliy parlamentlar ayol rahbarlari sammitida ishtirok etayotgan Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi Raisi Sohiba Gafarovani qabul qildi.

Samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Sohiba Gafarova davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbatda oliy darajadagi muntazam uchrashuv va muloqotlarda  erishilgan kelishuvlarga muvofiq har tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib, amaliy shekriklik kengayib borayotgani alohida qayd etildi.

Ozarbayjon Prezidentining joriy yil iyun oyidagi O‘zbekistonga tarixiy tashrifining sermahsul natijalari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, barcha darajalardagi muloqot va gumanitar almashinuvni faollashtirishga kuchli sur’at bag‘ishladi.

O‘zbekiston yetakchisi nufuzli ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida parlamentlararo hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatladi.