Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

13.11.2022-yil Istanbulning Istiqlol ko'chasida sodir bo'lgan portlash yuzasidan ma'lumot



#eʼlon
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Istanbul gubernatorligi bilan bog‘lanib kecha Istanbul shahrining Istiklol ko'chasida sodir bo'lgan portlash oqibatida yaralangan va shifoxonaga keltirilgan shaxslar hakida maʼlumot oldi, ular orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.
Voqea natijasida yaralangan 81 nafar shaxsdan 8 nafari xorijiy davlat fuqarolari ekanligi aniqlangan.
Shu bilan birga, rasmiy maʼlumotlarda eʼlon qilingan 6 nafar vafot etgan va 81 nafar yaralanganlardan tashqari turli xil yengil darajadagi shikastlar olib shifoxonaga murojaat qilmagan holda tibbiy yordam olgan fuqarolarimiz ham mavjudligi aniqlanmoqda.
Bosh konsulxona ushbu mudxish jinoyat oqibatida qurbon bo'lgan qardoshlarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi, jabr ko'rgan fuqarolarga tez sog'ayib ketishni tilaydi.
Turkiyadagi vatandoshlarimizdan shaxsiy xavfsizliklariga eʼtiborli bo'lishlarini so‘rab qolamiz.