Istanbul shahridagi O’zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi 2002-yil 21-mayda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi M.B.ning 2021-yil 2-yanvar kuni Izmir viloyati Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining oʻninchi qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan maʼlumotni tasdiqlaydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Oʻzbekiston fuqarosining oʻlimi boʻyicha tergov jarayonini boshladi. Bosh konsulxona holatlarni nazoratga olib, Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada boʻlib kelmoqda.
Bosh konsulxona marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Anqara shahridagi mamlakatimiz Elchixonasiga (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (tel.: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.