Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
Avval xabar qilinganidek, shu yil 10-oktabr kuni davlatimiz rahbari elektromobil tarmog‘ini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishgan edi. Unda berilgan topshiriqlar asosida, yurtimizda elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etish, quvvatlash stansiyalarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
Prezident huzurida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda ushbu takliflar muhokama qilindi.