Savdo-iqtisodiy, moliya-texnik va transport sohalarida o‘zbek-turk munosabatlari
Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991y. 16 dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlar 1992y. 4 martda o‘rnatilgan. 1992y. Apreldan beri Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi, 1993y. Maydan beri esa, O‘zRning Anqaradagi diplomatik missiyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
I. Savdo-iqtisodiy hamkorlik. Turkiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. (Rossiya, Xitoy va Qozog‘istondan keyin 4-o‘rinda keladi).
O‘zR va TR o‘rtasida 2014-2018 yillarida tovar ayirboshlash hajmi:
mln.doll
|
2014 |
2015 |
2016 |
2017 |
2018 |
2017 yilga ko‘ra o‘sish sur'ati |
Tovar ayirboshlash |
1 505,8 |
1 505,8 |
1 175,8 |
1 552,4 |
2 171,7 |
139,9% |
Eksport |
966,3 |
786,8 |
690,7 |
877,8 |
936,2 |
106,7% |
Import |
539,5 |
411,7 |
485,1 |
674,6 |
1 235,5 |
1,8 marotaba |
Sal'do |
427,1 |
375,1 |
205,6 |
203,2 |
-299,3 |
|
2018 yilda O‘zR va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2017 yilning muqobil davriga nisbatan 39,9%ga yuksaldi va 2,17 mlrd. doll.ni tashkil etdi. Shu jumladan, eksport – 936,2 mln. doll. (+6,7%), import – 1,23 mlrd. doll. (+83,1%).
Eksportning asosiy pozisiyalari: rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar (+58,9%), tekstil' mahsulotlari (+13,6%), kimyoviy mahsulotlar (+10,9%), elektrik uskunalar (+2,9%), oziq-ovqat mahsulotlari (+2,5%), xizmatlar (+7%).
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatini oshirish va tan narhini tushirish hamda tegishli ishlab chiqarish hajmlarini ta'minlash bo‘yicha olib borilayotgan zarur chora-tadbirlar mahsulotlar diversifikasiyasini amalga oshirishga va 2019y. Turkiyaga eksportning potensial hajmini 1,1 mlrd.gacha oshirishga imkon beradi (mavjud ko‘rsatgich 2018y. - 936 mln.doll.).
Importning asosiy pozisiyalari: mexanik uskunalar (+39,8%), elektrik uskunalar (+7,5%), qora metallar va mahsulotlari (+7,3%), kimyoviy mahsulotlar (+6,3%), plastmassalar va mahsulotlari (+4,1%), tekstil' mahsulotlari (+4%), transport vositalari (+3,7%), mebel' (+3,7%), farmasevtik mahsulotlar (+2,1%), xizmatlar (+11,2%)
II. Moliyaviy-texnik hamkorlik
Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi – TIKA ishtirokida amalga oshirilayotgan texnik yordam loyihalari
Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi (TIKA) 1992y. Turkiya Bosh vaziri qoshida tuzilgan.
Maqsad – sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi tizimini modeonizasiyalash, kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish, turli sohalarda mutaxassislarning malakasini oshirish, xalqaro seminarlar va konferensiyalar o‘tkazish bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish.
1993y.dan beri respublikada Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi (TIKA) vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekistonda Agentlik tomonidan, xususan, sog‘liqni saqalash, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes tizimlarini rivojlantirish, qator tibbiyot va ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash va boshqa yo‘nalishlarda 26,3 mln. doll. qiymatidagi 730 grant loyihalari amalga oshirib bo‘lindi.
Erishilgan shartnomalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida, TIKA tomonidan 2018-2020 yillarda 60 mln.doll. ajratilishi rejalashtirilgan.
2018 yil ichida TIKA tomonidan 21,1 mln. doll. Qiymatidagi 90 loyiha amalga oshirildi (qattiq komponent – 11,15 mln. doll. (53%), yumshoq komponent – 9,95 mln. doll. (47%)) va ulardan quyidagilarni qayd etish mumkin:
- «Salomatlik haftasi» loyihasi doirasida 6,4 mln. doll. summasiga 466 bemorning operatsiyasi amalga oshirildi;
- 4 mln. doll. qiymatidagi 50 reanimasion shoshilinch tibbiy xizmat avtotransporti olinib, O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi;
- Viloyatlardagi perinatal' markazlar va tug‘ruqxonalar 3,2 mln. doll. Qiymatidagi uskunalar bilan jihozlandi;
- 1,387 mln. doll. qiymatidagi avtobuslar bazasidagi 20 mobil' ofis sotib olinib, Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligiga topshirildi;
- Xorazmdagi ko‘chatzor 0,95 mln. doll. Qiymatidagi qishloq xo‘jaligi texnikasi va sug‘orish tizimi bilan jihozlandi;
- 0,63 mln. doll. qiymatli loyiha bilan Yoshlar Ittifoqi 150 a'zosining Turkiyaga tanishuv ziyorati amalga oshirilidi;
- Tadbirkor ayol assosiasiyasining Buxorodagi filiali 0,35 mln. doll. qiymatidagi yangi binosining qurilishi amalgi oshirildi;
- 0,35 mln. doll. qiymatdagi loyiha bilan o‘quv kurslariga 20 noutbuk va 20 3D printerlar taqdim etildi;
- Buxoro, Samarqand va Toshkentdagi maktabgacha ta'lim muassasalari 0,33 mln. doll. Qiymatidagi jihozlar bilan jihozlandi;
- Buxorodagi №1 raqamli bolalar bog‘chasida 0,25 mln. doll. Qiymatidagi ta'mirlash ishlari amalga oshirildi;
- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 40 mutaxassisi uchun 0,248 mln. doll. qiymatidagi malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
III. Transport sohasidagi hamkorlik
Temir yo‘l transporti
2018y. yakunlariga ko‘ra, temir yo‘llarida yuk tashish hajmi quyidagilardan iborat bo‘ldi: eksport yuklari - 50,5 ming tn (-47,0%), import yuklari - 10,1 ming tn (-1,8%). Turk eksport yuklarining O‘zbekiston hududidan tranziti – 2,8 ming tn (-51,4%).
Avtomobil' yo‘llarida yuk tashish
Ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro avtomobil' yo‘llarida yuk tashish 1992y. 28 aprelda imzolangan Xalqaro avtomobi' transporti haqidagi hukumatlararo shartnoma asosida amalga oshiriladi.
2018g. yakunlariga ko‘ra, avtomobil' yo‘llarida eksport yuklarini tashish hajmi 307,4 ming tn (+24,2%), imkort yuklariniki esa - 314,9 ming tn (+34,5%) bo‘lgan. O‘zbekistondan tranzit shaklida 6 326 dona (7,1%) turk avtotransport vositalari 132,3 ming tn yuk bilan o‘tgan (+6,7%).
Havo yo‘li transporti
Havo yo‘li transporti sohasidagi hamkorlik 1994y. 23 iyundagi Havo yo‘li transporti sohasidagi hamkorlik shartnomasi asosida yuritiladi.
2018y. yakunlariga ko‘ra, «O‘zbekiston havo yullari» MAK «Tashkent-Istambul» va «Istambul-Tashkent» marshrutlarida 1 078 reys amalga oshirilgan (+37,2%), 228,6 ming yo‘lovchi (+33,5%) va 3,6 ming tn yuk tashilgan (+50,4%).