Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

Siyosiy munosabatlar


O‘zbekiston-Turkiya: o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan hamkorlik tobora rivojlanib bormoqda

O‘zbek va turk xalqlari ko‘p yillik umumiy tarix, yaqin tili, yagona din, mushtaraka qadriyatlar, o‘xshash urf-odat va an'analar asosidagi mustahkam rishtalarga ega. Ushbu poydevor va do‘stona bog‘larga asoslangan ikki tomonlama aloqalar bugungi kunda ham izchil rivojlanmoqda.

1991y. BMT davlatlari qtorida birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini tan oldi. 1992y. Toshkentda Turkiyaning elchixonasi ochildi, 1993y. May oyidan esa, mamlkatimizning Anqaradagi diplomatik vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatib klmoqda.

1996y. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik haqidagi shirtnoma imzolangan.

O‘zbekiston va Turkiya orasidagi o‘ziro ishonchga asoslangan do‘stona aloqalar bugungi kunda aktiv ravishda mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017y. 25-26 oktyabrda Turkiyaga amalga oshirilgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlardagi yangi bosqichga zamin yaratdi. Tashrif davomida ikki mamlakat yetakchilari o‘zbek-turk aloqalarining joriy holati va istiqbollarini batafsil ko‘rib chiqdilar. Ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan qo‘shma bayonot strategik darajadagi hamkorlikni mustahkamlovchi muhim hujjat bo‘ldi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti R.T. Erdogan 2018y. 30 aprel' – 1 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasini ziyorat etdi.

Turkiya Respublikasi rahbari R.T. Erdogan o‘z davlati O‘zbekistonni O‘rta Osiyodagi ustivor sherik o‘laroq ko‘rishini alohida ta'kidladi. O‘z navbatida, Sh.M. Mirziyoev bizning mamlkatda Turkiyani muhim va uzoq muddatli sherik sifatida ko‘rishlari, u bilan hamkorlik munosabatlari o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslanishini qayd etdi.

Ikki mamlakat rahbarlari tomonidan hamkorligimizning joriy holatiga ob'ektiv baho berildi, uning ustivor yo‘nalishlari va istiqbolli vazifalari belgilab berildi. Ikki davlat rahbarlarining raisligidagi Strategik sheriklik bo‘yicha Oliy Kengash tuzilishiga erishildi.

Tashrif davomida Turkiya Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari oldida nutq so‘zladi.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, ikki davlat parlamentlari o‘rtasida parlamentlararo do‘stlik guruhlari tuzilgan va faol ishlab kelmoqda, ularning umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilmoqda, ikki mamlakat qonunchilik organlari rahbarlari va a'zolarining o‘zaro tashriflari amalga oshirilmoqda.

Tomonlar mahalliy va xalqaro ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha o‘xshash yoki yaqin yondashuvlarga ega. Ikki davlat xalqaro tuzilmalar, shu jumladan, BMT, IHT va boshqa tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbek-turk hamkorligi huquqiy asoslarini kelgusida yanada mustahkamlash maqsadida, ikki mamlkat hukumatlari, vazirliklari va tashkilotlari o‘rtasida bir qator yangi hujjatlar, jumladan, iqtisod, savdo, taronsport va logistika, sanoat, ilm-fan, ta'lim, turizm va iy sohalardagi sherkichilikni rivojlantirishga qaratilgan shartnomalar imzolandi.

O‘z munosabatlarida ikki davlat o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga urg‘u bermoqdalar. Turkiya O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanadi.

2017y. Mamlkatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2016y. Ko‘ra 30% yuksalib, 1,5 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. 2018y. Yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida  tovar ayirboshlash hajmi 39,9 % oshib, 2,171 mlrd. AQSh dollariga yetdi.

Bizning mamlkatdan Turkiyaga eksport qilinayotgan asosiy mahsulotlar – rangli metallar va mahsulotlari, meva-sabzavot, xizmatlar, azot o‘g‘itlari, qayta ishlangan neft' mahsulotlari. O‘zbekiston o‘z navbatida ushbu mamlkatdan atir-upa, turli mexanik va elektron asbob-uskunalar, plastmassa va mahsulotlari, tekstil', kimyo, dori-darmon mahsulotlari, ko‘nchilik va terini bo‘yash mahsulotlari import qiladi.

O‘zbekiston turk bozoriga yengil sanoat, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika sanoatlari, charm-poyabzal va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazishni kengaytirishga tayyor. Bu yo‘nalishda Istanbulda ochilgan o‘zbek-turk savdo uyining imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi qayd etilmoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikka Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hukumatlararo komissiya, shuningdek, avtomobil' yo‘llarida yuk tashish bo‘yicha shartnoma asosida ta'sis etilgan Xalqaro avtomobil' yo‘llarida yuk tashish masalalari qo‘shma komissiyasi katta hissa qo‘shib kelmoqda.

1993 yildan beri O‘zbekistonda o‘z vaoklatxonasiga ega bo‘lgan Turk hamkorlik va koordinasiya agentligi (TIKA)ning faoliyati ham yuqori bahoga sazovor. O‘tgan davr mobaynida ushbu tashkilot tibbiyot va o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizasiyalash, qishloq xo‘jaligi, kichik va o‘rta biznes sohalarini rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi. Bugungi kunda TIKAning O‘zbekistondagi faoliyati yangi bosqichga o‘tdi – tegishli ikkitomonlama hukumatlararo shartnoma imzolandi, umumiy loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘rsatilayotgan texnik yordam hajmlari oshirilmoqda.

Boshqa hamkorlik sohalari bilan bir qatorda madaniy-gumanitar aloqalar ham rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston va Turkiyaning tarixiy, madaniy, turistik, ilmiy va ma'naviy salohiyatini ikki mamlakat jamoatchiligiga tanitishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, 2013y. «Tantana» bolalar fol'klor ansambli Izmir va Istanbulda o‘tkazilgan xalqaro tadbirlarda qatnashdi. «Hunarmand» ustalar assosiayasi vakillari Anqarada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekistonni taqdim etdilar.

Turk ijodkor jamoalari Samarqanddagi «Sharq taronalari», maqom va baxshichilik festivallarining aktiv ishtirokchilaridir. Mamlakatimizda o‘zbek va turk musavvirlari A.Alikulov va Ch.Tellilarning asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Turkiya davlat teleradio tashkiloti (TRT) va “Anatoliya” axborot agentligi Toshkentda bo‘lib o‘tadigan mamlakatning muhim sanalariga oid tadbirlarning retranslyasiyasini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan.

Eng yangi tarixning chorak asrlik O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro aloqalarining natijalarini sarhisob qilar ekan, qayd etish zarurki, bizning mamlkatlarimiz o‘zaro hurmat, ochiqlik va tomonlarning yaxshi niyatiga asolangan teng huquqli muloqotni qo‘llab quvvatlashga sodiqdir. Ikki davlat, aytish mumkinki, birbirlarini manfaatlarini hisobga olgan holda aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha katta tajriba qozonib ulgurdi.

Hech shubhasiz, o‘tgan vaqtlarda mamlakatlarimiz orasida hamkorlikning boshlanishi va shakllanishi hamda bugungi kundagi ikki tomonlama aloqalardagi ijobiy dinamika uzoq muddatli va ko‘p qirrali yangi strategik sheriklik bosqichiga chiqishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.