Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

Natija


Avval habar qilinganidek,  Bosh konsulxona binosida haftaning har juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 ga qadar “ADS Hukuk” firmasining advokati, vatandoshlarimiz savollariga bepul javob berish tashkil etildi. 
8 iyul kuni quyidagi masalalar yuzasidan murojaat etildi: 
- fuqaromiz boshqa davlat fuqarosiga turmushga chiqib, Istanbulda qonuniy ro’yhatga o’tish; 
- savdo markazidan pul to’lamasdan mahsulot olib chiqishi va buning natijasida unga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan tergov; 
- 29 nafar fuqarolarimiz Turkiya orqali hajga borish maqsadida kelib aldanib pasportlarini turk fuqarosiga berib qo’yib ola olmay sarson bo’lishi; 
- Medikana shifohonasida noto’g’ri amaliyot o’tkazilishi natijasida sog’lig’iga putur yetkazish; 
- O’zbekiston fuqarosi Rossiyada farzandli bo’lib, tug’ilganlik guvohnomasini tasdiqlatish muammosi. 
Murojaat etganlar o’z savollariga javob oldilar.  
 
Navbatdagi advokat bilan uchrashuv 15 iyul kunidir.