Hurmatli yurtdoshlar!
Turkiyaga sayyohlik va tadbirkorlik maqsadida tashrif buyuruvchi hamda bu yerda vaqtinchalik yashayotgan vatandoshlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili fuqarolarimiz tomonidan pasport va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotish yoki o‘g‘irlatish holatlari ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
Shu maqsadda Bosh konsulxona sizlarni hushyor bo‘lishga, hujjatlaringiz va boshqa qimmatbaho buyumlaringizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga chaqiradi.
Hujjatlar yo'qolgan taqdirda, o'g'irlik yoki yo'qotish faktini hujjatlashtirish uchun darhol politsiya organlariga va konsullik idorasiga murojaat qiling.