Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

O‘zbekiston yetakchisini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi


Turkmaniston Prezidentining qarorgohi – “O‘g‘uzxon” saroy majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov birgalikda suratga tushdilar.

Marosimda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirok etdi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazmoqda.