Samarqand tashabbusi ishonch va muloqotni tiklashning kalitidir
15-16 sentabr kunlari Samarqandda juda muhim voqea – ShHTga a’zo davlatlar davlat rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. U avvalgilaridan boy dasturi, keng qamrovli kun tartibi, shuningdek, davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning keng vakolatlari bilan ajralib turardi. Uning ishida 20 ga yaqin davlat rahbarlari va oliy vakillari, 10 dan ortiq xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.