l-savol. O‘zbekiston mustaqillikka erishganida turistik vaziyat qanday edi va siz qaysi to‘siqlarni engishingiz kerak edi? Hozirgi turistik vaziyatga qanday qaraysiz? 0 ‘zbekistonning turizm sohasi bo‘yicha qanday maqsadlari va rejasi bor?
1-Savolga iavob: Bugungi kunga kelib turizm jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi Bu borada 0 ‘zbekistonda turizm sohasini modemizatsiya qilish, sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish va takomillashtirish, xorijlik mehmonlarga xalqaro andozalar asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 1992-yilda “0 ‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining tashkil etilishi milliy turizm modelini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi (hozirda Turizm va Madaniy meros agentligi). Sharq va G‘arb o‘rtasidagi birinchi transport yo‘nalishi sifatida 0 ‘zbekistonning qadimiy shaharlari yuqori o‘rinni egallaydi Mamlakatimizda 8400 dan ortiq qadimiy me’morchilik va arxeologik obyektlar mavjud, ulaming 209 tasi YuNESKOning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2016-2019-yillar davomida turizm xizmatlari eksporti 3,4 baravarga oshdi. 2016-yildan 2022-yilgacha mehmonxona xo‘jaliklari soni 609 tadan 1573 tagacha, turizm tashkilotlari soni 484 tadan 1550 tagacha yetdi, oilaviy mehmon uylari soni 2551 taga yetdi. 90 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim, 57 ta davlatga elektron viza rejinii, 101 ta davlatga tranzit viza rejimlari joriy etildi. Viza rejimini soddalashtirish turizmni rivojlantirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2018-2021-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 70 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, 2019-2025 yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasida turizm sohasi rivojlantirish kontsepsiyasi tasdiqlandi. Ohirgi 5-6 yil davomida 0 ‘zbekiston qator xalqaro indeks va reytinglarda o‘rin egalladi. Masalan (quyidagi havolalar orqali ma’lumot olishingiz mumkin: https://pages.eiu.com/rs/753- RIQ-43 8/images/W COL-free-report-V7.pdf;. 0 ‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib chet ellik IT-kompaniyalar asoschilariga, investorlarga va axborot texnologiyalari mutaxassislariga 3-yillik IT-vizalar berib boshladi. 2022-yilda 636 ta joylashtirish obyekti, 80 ta turistik tashkilotni qayta ishga tushirildi. 2-savol. Siz dunyoga ko‘rsatmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston qiyofasi qanday? Sizningcha, turizm qay darajada 0 ‘zbekistonning o‘ziga xosligini tasvirlash va targ‘ib qilishga qodir? 2-savolga iavob: 0 ‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lining markazi va Markaziy Osiyoning yuragi bo‘lib, qadimdan butun dunyo sayohatchilarining e’tiborini tortgan. O‘zbekiston brendi Buyuk ipak yo‘li paydo bo‘lganidan beri ming yillar davomida shakllangan. Dunyodagi sayyohlaming 80% dan ortig‘i Ipak yo‘li haqida bilishadi. Xalqaro Forbes jurnali “0 ‘zbekiston brendi”ni Ipak yo‘lini eng kuchli brendlardan biri sifatida tan oldi. Bu yerda mamlakatimiz alohida o‘rin tutadi, 0 ‘zbekistonga “Ipak yo‘lining yuragi” maqomi berilgan 0 ‘zbekistonning turizm sohasi mamlakat Prezidenti tomonidan 0 ‘zbekiston milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilab berilgan. ITukumatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil siyosat tufayli qisqa vaqt ichida mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimi keskin ko‘paydi, turistik infratuzilma obyektlari soni ko‘paydi. 0 ‘zbekiston ko‘plab xorijiy nashrlar (xususan, The New York Times, The Guardian, The Independent, Global Muslim Travel Index, National Geographic Traveler Awards, Lonely Planet va boshqalar) tomonidan eng jozibali va qiziqarli yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan va xalqaro reytinglarda yuqori va yuqori o‘rinlarni egallab bormoqda. 0 ‘zbekistonning geografik joylashuvi Markaziy Osiyo bo‘ylab qo‘shma sayohatlar tashkil etish imkonini beradi, har qanday mintaqaviy turistik mashrutni 0 ‘zbekistonsiz shakllantirib bo‘lmaydi. Markaziy Osiyo davlatlarining turistik markazlari xorijlik sayohatchilar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shu tariqa, Ipak yo‘lining Markaziy Osiyo qismi Lonely Planet nashri talqiniga ko‘ra 2020-yilda eng yaxshi mintaqalar reytingida yetakchi bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi global turizm va sayyohlik sanoatiga katta zarar yetkazdi. Aksariyat mamlakatlarda turizm industriyasini jonlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rag‘batlantirish choral ari va dasturlari mavjud. Turizm biznesini qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari va daromad manbalarini saqlab qolish birinchi navbatdagi vazifa bo‘ldi. Bu borada 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28-maydagi Farmoni muhim hujjat bo‘ldi. Umuman olganda, pandemiya boshlanishi bilan 0 ‘zbekiston hukumati tomonidan koronavirusning turizm sohasiga ta’sirini yumshatish bo‘yicha keng ko‘lamli moliyaviy-kredit vositalari, soliq va kredit ta’tillari, subsidiyalar (grantlar va startaplar) joriy etish orqali maxsus dasturlar qabul qilindi. Xalqaro turizmni qayta tiklash jarayonida xavfsizlikni ta’minlash asosiy masala ekanini tushunamiz. Shu sabab 0 ‘zbekistonda sayyohlar uchun jahon standartlari va tibbiyotdagi eng so‘nggi ishlanmalar asosidagi eng yuqori darajadagi «Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED» sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi joriy etildi. Unga muvofiq, sertifikatlashtirish turistik marshrutlar shakllantiriladigan transport infratuzilmasi, turar joy binolari, moddiy madaniy meros obyektlari, muzeylar, teatrlar va boshqa madaniy obyektlarga nisbatan yangi sanitariya-gigiyena talablari asosida amalga oshiriladi. Agar 2020-yildagi pandemiya davrini hisobga olmasak, 2019-yilda 0 ‘zbekistonga 6,7 milliondan ortiq xorijlik sayyoh tashrif buyurgan, bu 2016-yilga nisbatan kirish turizmidan 3 barobar ko‘pdir. Amalga oshirilgan ishlar samarasida mazkur soha eksporti hajmi 3 barobar ortib, 2019-yilda 1,3 milliard AQSH dollariga yetdi. Sayyohlar uchun qulay infratuzilmani yaratish, hududlaming turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish natijasida 2016-2019-yillarda ichki turizmning o‘sish sur’ati 167 foizni tashkil etib, 15 millionga yaqin sayyohlik ko‘rsatkichiga yetdi. Respublikada 209 ta madaniy meros obyektlari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Ularning to‘rttasi muzey shaharlar (“Xiva shahridagi Ichan qal’a”, “Buxoro shahrining tarixiy markazi”, “Shahrisabz shahrining tarixiy markazi” va Samarqand shahri va uning tarixiy arxitektura va arxeologik yodgorliklari «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan kiritilgan) hisoblanadi. 0 ‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz kabi an’anaviy tarzda 0 ‘zbekiston bilan bog‘langan sayyohlik markazlarini butun dunyo biladi. Bu joylar ko‘plab sayohatchilar tomonidan “ko‘rish kerak” manzillari sifatida belgilangan. 0 ‘zbekistonda o‘rta asrlarda islom uslubida qurilgan masjidlar, madrasalar, maqbaralar kabi me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan va ular asosiy sayyohlik maskanlari hisoblanadi. Mamlakatimizda o‘zbek xalqining madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va ta’mirlashga katta e’tibor qaratilmoqda. 0 ‘rta asrlaming eng yaxshi ustalari tomonidan qurilgan Samarqanddagi Registon maydoni, Xivadagi Ichan Kal’a - ochiq osmon ostidagi muzey shahri, Buxorodagi Ark qal‘asi va Poyikalon ansambli, Shahrisabzdagi Oq-Saroy saroy, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi va boshqa ko‘plab binolar shular jumlasidandir. 0 ‘zbekistonda sayohatning eng mashhur turi tarixiy-ma’rifiy turizm bo‘lsa-da, gastronomik, sog‘lomlashtirish, MICE, tog‘, agro, etno, ekoturizm, arxeologik va ijodiy turizm turlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 0 ‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijliklar uchun ziyorat turizmi alohida e’tiborga molik, Islom olamidagi qadimiy va muhim yodgorliklardan Buxorodagi Bahouddin Naqshbandiy, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy, Termizdagi Imom At-Termiziy majmualari hamda xristian va buddizm yodgorliklari bor. 0 ‘zbek xalq hunarmandchili va amaliy san’ati tarixi o‘zbek xalqining o‘zi kabi qadimiydir (Miloddan avvalgi II asr). Mahalliy hunarmandchilik savdosida Buyuk Ipak yo‘li muhim o‘rin tutgan. 0 ‘zbekistonning yirik hunarmandchilik markazlarining Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashganligi ulaming rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 0 ‘zbekistonning an‘anaviy hunarmandchiligi yorqin va o‘ziga xos bo‘lib, ular ming yillar davomida shakllangan va zamonaviy 0 ‘zbekiston hududida turli davrlarda yashab kelgan xalqlarning an‘ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan. 0 ‘zbek hunarmandlarining amaliy san’ati: kulolchilik, an’anaviy milliy kashtachilik, matolar, tabiiy ipak, nafis lakli miniatyuralar, filigra zargarlik buyumlari sayyohda yorqin taassurot qoldiradi. Milliy taomlar haqida gapirganda o‘zbek oshxonasi National Geographic jurnali talqini bo‘yicha “Gastronomik turizm” nominatsivasida birinchi o‘rinni egalladi. 0 ‘zbek milliy oshxonasining taomlarini tayyorlash retseptlari ko‘p asrlar davomida shakllanib, avloddanavlodga o‘tib kelmoqda. Ko‘pgina mehmonlarimiz mamlakatimiz haqida aynan uning gastronomik salohiyati tufayli unutilmas taassurotlarga ega. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston umrida bir marta bo‘lsa ham borib, milliy taomlarini tatib ko‘rishga arziydigan mamlakatdir! 0 ‘zbekistonning dengizga chiqish imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada, hududda Markaziy Osiyoni qamrab olgan ko‘plab go‘zal ko‘llar, tabiiy va sun’iy suv havzalari va yirik daryolar mavjud. 0 ‘zbekistonning ulug‘vor tog‘lari ko‘plab sayyohlar va ekstremal sportchilami o‘zigajalb qiladi. Eng go‘zal sharsharalar, minglab cho‘qqilar, chang‘i yo‘llari, alp o‘tloqlari, qo‘riqxonalar va o‘rmon hududlari, kanyonlar va tog‘ ko‘llari, g‘orlar va qadimiy sivilizatsiya joylari - bu mamlakatning go‘zal tog‘li hududlari sayyohlarni o‘ziga jalb etgan. Olis qishloq va ovullarda tashkil etilayotgan etnik sayohatlar 0 ‘zbekistonda ham tobora ommalashib bormoqda. Bu yerda sayyohlar yuzlab yillarga borib taqaladigan asl milliy meros, ya’ni qadimiy sharq madaniyati bilan uchrashadi. Samarqanddan bor-yo‘g ‘i 13 km uzoqlikda “Konigil” sayyohlik qishlog‘i deb nomlangan alohida joy bor, bu joy o‘zining betakror hunarmandchilik an’analari, musaffo tabiati, soyali daraxtlari, yaqinidagi Siyob daryosi bilan mashhur. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu joyning asosiy diqqatga sazovor joyi bu Meros qog‘oz zavodi bo‘lib, u qadimgi usulda qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Bu texnologiya qog‘oz mashinalari paydo bo‘lishidan ancha oldin ishlatilgan. Ushbu texnologiyaning asosiy xususiyati qo‘l mehnati bo‘lib, unda faqat tabiiy xom ashyolardan foydalaniladi Ushbu mahsulotlarning turli xil turlari ming yillar davomida (VUI-IX-asrlargacha) nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki Yaqin Sharq va Yevropada ham m a’lum bo‘lgan Ko‘p sonli fors va arab qo‘lyozmalari IX-X asrlar Samarqand qog‘ozida qilingan. Hozirda 0 ‘zbekistonda turizmning qishki turlarini rivojlantirish bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda. 0 ‘zbekistonning Bo‘stonliq va Zomin tumanlarida qish mavsumi muxlislari uchun dam olish va sayohat qilish uchun o‘ziga xos sharoitlar yaratilgan. Toshkentdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda zamonaviy talablar hamda xalqaro xavfsizlik va xizmat ko‘rsatish standardariga javob beradigan yangi “Amirsoy Resort” tog‘-chang‘i kurorti barpo etildi. Dam olish maskani Toshkent viloyatining eng go‘zal va so‘lim go‘shalaridan birida, Tyan-Shan tog‘larining g ‘arbiy qismidagi Chotqol tizmasi etaklarida 900 gektar maydonda joylashgan. Bugungi kunda bu yerda 7 ta tog‘-chang‘i liftlari va 10 ta turli uzunlikdagi va murakkablikdagi qiyaliklar, 38 ta alp uslubidagi chaletlar, SPA majmuasi, milliy va Yevropa taomlari restoranlari, sayr maydoni va media markazi mavjud. 3-savol. O‘zbekiston 1993-yildan YUNESKOga a’zo davlat bo‘lib, 2003-yilda 2008- yilda ratifikatsiya qilingan va nomoddiy merosni qadrlash va targ‘ib qilish muhhnligini ta’kidlagan Nomoddiy meros to‘g‘risidagi konventsiyada ishtirok etdi. O‘zbekistonda so‘nggi o‘n yillikda bu borada qanday ishlar qilindi? Nomoddiy madaniyat qaysi organga tegishli? 3-savolga iavob: 0 ‘zbekiston 1993 yilda YuNESKOning a‘zosi va Jahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaning ishtirokchisiga aylandi. Konvensiyani imzolash orqali 0 ‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarga rozilik beradi va milliy miqyosdagi obyektlar va jahon meros obyektlarini global miqyosda himoya qilishni qo‘llabquvvatlaydi. Bu milliy qonunlar va huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Shu vaqtga qadar 0 ‘zbekistonda madaniy merosni asrash bilan bog‘liq 11 ta qonun va 48 ta qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Hozirgi kunga qadar YuNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro‘yxatiga 0 ‘zbekistondan 11 ta obyekt kiritilgan. Ular quyidagilar: S “Shashmaqom” - Tojikiston va 0 ‘zbekiston tomonidan birgalikda taqdim qilingan (2008) ■S “Boysun tumanining madaniy muhiti”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2008) S “Katta ashula”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2009) S “Askiya”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2014) S “Palov madaniyati va an’analari”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2016) •f “Navro‘z”- Afg‘oniston, Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va 0 ‘zbekiston tomonidan birgalikda taqdim qilingan (2016) ■S “Lazgi”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2019) •f “Miniatyura san’ati”- Ozarbayjon, Eron va Turkiya bilan birgalikda) (2020) ■S “Baxshichilik san’ati”- 0 ‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan (2021) S «Ipakchilik va to‘quv uchun an’anaviy ipak ishlab chiqarish» ( 0 ‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya davlatlari bilan hamkorlikda (2022) ■S «Xo‘ja Nasriddin haqidagi latifalarni takrorlash an’analari» 0 ‘zbekiston Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiya bilan hamkorlikda (2022) Bundan tashqari Nomoddiy madaniy meros muhofazasiga oid eng ilg‘or tajribalar reestriga 0 ‘zbekistondan 1 ta obyekt kiritilgan: Marg‘ilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi: atlas va adras to‘qish an’anaviy texnologiyasini saqlash -(2017) YuNESKO va Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to ‘g ‘risidagi konvensiya shafeligida о ‘tkaziladigan festivalJar: 1. 2023-yilda 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda; 2. 2023-yilda 26-30 avgust kunlari Samarqand shahrida «Sharq taronalari» 12-Xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, festival doirasida 22-27 avgust kunlari Toshkent, Termiz, Samarqand shaharlarida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash: dolzarb muammolar va ularni hal etish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi kutilmoqda; 3. 2023-yilda 10-15 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 4-savol. 0 ‘zbek nomoddiy m adaniyatining rang-barangligi va boyligini inobatga oladigan bo‘lsak, noyob kulolchilik, to‘qimachilik, qog‘oz ishlab chiqarish, oshxona va hokazolar, ijodiy turizm O ‘zbekiston nomoddiy m adaniyatini yuksaltirish va targ ‘ib qilish vositasi sifatida institutsional darajada m uhokam a qilinganmi? O ‘zbekistonda ijodiy turizm ga qiziqish qay darajada? 4-savolga iavob: So‘nggi yillarda milliy hunarmandchilik va amaliy san’atni asrash va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha 0 ‘zbekiston davlati va hukumati tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, 2017-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Farmon bilan xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atini namoyish etishga yo‘naltirilgan “Sharq marvaridi” 0 ‘zbekiston an’anaviy san’at xalqaro festivalining har yili sentabr oyida tashkil etish belgilangan. Shuningdek, 0 ‘zbekistonda 34 turdagi hunarmandchilik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha dastur tasdiqlangan bo‘lib, hunarmandchilik loyihalari dasturini shakllantirish va bu orqali soha vakillarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2018-2021 yillarda jami 35 mingdan ortiq hunarmandchilik loyihalari uchun 1,1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan, ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarish darajasi 89 foizni tashkil etib, bugunga qadar sohaga ajratilgan jami kreditlardan muddati kelgan 924 mlrd. so‘mi tijorat banklariga qaytarilgan. Shu bilan birga 2020-2022 yillar davomida jam i 30 ta hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari qurib bitkazildi. Xalq xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogi yaratilib, faxriy va xalqaro ko‘rgazma hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 376 nafar ustalar ushbu katalogga kiritildi. Shuningdek, 1,1 mingga yaqin hunarmandlar turizm reestriga kiritilib, ushbu soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. 0 ‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va vakolatxonalari ko‘magida MDH, Yevropa va AQSh davlatlariga hunarmandchilikning kulolchilik, kashtachilik, zardo‘zlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamchilik va q o id a gazlaraa to‘qish yo‘nalishlari bo‘yicha jami 12,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar eksport qilindi. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining onlayn savdosini yo‘lga qo‘yish uchun uzcrafts.uz, suzanishop.uz va ikatm arketing.com kabi internet magazinlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda uzcraft.com kanal va gumhlari tashkil etildi Hunarmandchilik yo‘nalishida milliy urf odatlarimizni aks ettirgan Chust Do’ppi”, “Adras of M argilan”, “K arakul F u r”, “Rishtan Ceram ics” kabi milliy brendlar yaratilib, bunday brendlar bilan Amazon, Ebay va ETSY kabi platformalarga milliy hunarmandchilikning talab yuqori bo‘lgan 12 ta yo‘nalishi bo‘yicha 5 mingdan ortiq mahsulotlar joylashtirilib, onlayn savdo hajmi 1,3 mln. dollardan oshdi. 5-savol. Turizm ni ta rg ‘ib qilish bo‘yicha rasmiy veb-saytda (https://uzbekistan.travel/en) “Turizm ham m a uchun” b oiim ida turizm ning ko‘plab turlari (tibbiy, adabiy, diniy, madaniy, gastronomik...) berilgan, lekin ijodiy turizm yo‘q. Uning yo‘qligining sabablari nim ada? 5-savolga iavob: Uzbekistan.travel веб-сайтининг “Turizm hamma uchun” bo‘limida turizmning ko‘plab turlari мавжуд. Сайтнинг ушбу булимида ижодий turizm алох,ида курсатилмаган булса хам Узбекистан хунар манд чилиги ва амалий санъати билан боглик куплаб маълумотлар мавжуд. 6-savol. O ‘zbekistonda bo‘lgan vaqtim da ijodiy turizm tajribasi kam dan-kam uchrashi ham da uni topish oson emasligini payqadim . M am lakatda ijobiy tajribalar mavjudligi va u qanday sayyohlarni jalb qilishi haqida m a’lumot ham da statistikani olish mumkinmi? So‘ngi 10 yil ichida ularning mavjudligi o‘zgarganm i? H unarm andlar yoki sayyohlik agentliklari tom onidan tashkil etilgan ijodiy tajrib alar haqida Sizning fikringiz qanday? 6-Savolga iavob: Bugungi kunda mamlakatda ohirgi 5-6 yil ichida ijodiy sohalar rivojlanayotgani ko‘ramiz, shu jumladan rassomchilik, memorchilik, musiqa va boshqa shu kabi sohalarni misol keltirsak bo‘ladi 0 ‘z o‘mida 0 ‘zbekiston amaliy san’atini nomoyish qilish va uni targ‘ib qilish maqsadida ko‘plab xalqaro festivallar, ko‘rgazmalar va forumlar tashkil etilmoqda. Masalan, 2018 yilda “Xalqaro kulolchilik festivali” o‘tkazildi va Prezident qarori bilan 2022 yildan boshlab 0 ‘zbekistonda har ikki yilda bir marta sentyabr oyida Xalqaro kulolchilik forum i va kulolchilik m ahsulotlari ko‘rgazma-savdosini tashkil etish belgilandi. Shuningdek, 2021 yildan boshlab butun mamlakat bo‘ylab “Milliy suvenirlar” festivali”, 2018 yildan boshlab “Xalqaro 0 ‘zbek milliy taomlari festivali”, 2018 yildan boshlab “Ipak va ziravorlar” festivali va shunga o‘xshash boshqa xalqaro tadbirlardan o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalari targ‘iboti amalga oshirilib kelinmoqda. Hunarmandchilik va amaliy san’atni targ ‘ib qilish orqali sayyohlarni jalb qilishga oid statistik m a’lumotlaryuqorida k o ‘rsatilgan*. 7-savol. So‘nggi yillarda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha O ‘zbekistonda ko‘plab islohotlar amalga oshirildi, ayniqsa, transport va m ehmondo‘stlik infratuzilm asini yaxshilash bo‘yicha. O ‘zbekiston hukum ati turizm ni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan ko‘zga ko‘ringan m ablag'ni va ijodiy turizm ning mahalliy ham jam iyatlarga ko‘rsatayotgan barcha ijobiy ta ’sirini hisobga olsak, O ‘zbekiston hukum ati turizm investitsiyalarining kichik bir qismini milliy darajada ijodiy turizm ni yaratish va tashkil etish uchun sarflayotganini tasavvur qilasizmi? 7-savolga iavob: Vazirlik tizimi uchun joriy yilda jami 9 ta loyiha bo‘yicha 77,9 mlrd so‘m limit belgilangan va amalda 57,4 m lrd so‘m (73,7%) hajm da ish bajarildi. Shundan: I. 5 ta ta ’lirn inuassasalariga - 48,5 m lrd.so‘m ajratilgan bo‘lib, 35,9 mlrd so‘m (74,0%) ish bajarildi. Xususan, 1. Shahrisabz turizm va servis kollejiini rekonstruksiyasi bo‘yicha pudratchi tashkilot “Voha m ash’ali” M ChJ. Limit 4,9 m lrd so‘m, bajarilgan ish 4,9 m lrd so‘m (100%)ni tashkil etadi. Ob’ektda ishlar yakunlandi. 2. Sam arqand turizm va madaniy meros texnikumini kapital ta’mirlash bo‘yicha pudratchi tashkilot “Tem ir Qalqon” M ChJ. Limit 8.6 mlrd so‘m, bajarilgan ish 7,7 m lrd so‘m (90% ) ni tashkil etadi Obyektda ishlar 2022 yil dekabr oyiga qadar yakunlanadi. 3. Zornin tum an turizm va servis kollejini rekonstruksiya qilish. Birinchi pudrat tashkiloti “Saddiniso Xabibullo” XK 2,6 mlrd. so‘m (15%) avans mablag‘i to‘langan. Vazirlar Mahkamasining (20.042022 y. 05/29-21-sonli (XDFU) hcimda 10.05.2022y. Farmoyishi) topshirig‘iga asosan obyektga boshqa salohiyatli qurilish tashkilotini tanlash topshirig‘i belgilangan. Obyekt bo‘yicha 20.07.2022y.da qayta tanlov o‘tkazildi hamda “ISHTIXON BULDING” M C hJ bilan shartnoma imzolandi. Limit 12,0 mlrd so‘m (85%) ni, bajarilgan ish 9,5 m lrd so‘m (79%) ni tashkil etadi. Ob’ektda ishlar 2022 yil 25 noyabrda yakunlanadi. 4. Buxoro turizm va m adaniy meros texnikum ini rekonstruksiya bo‘yicha pudratchi korxona “Buxoro Neft Gaz Suv Q urilish” MChJ. Limit 11.5 mlrd. so‘mni, bajarilgan ish 7,2 m lrd so‘m (62%)ni tashkil etadi. Obyektda ishlar 2022 yil dekabr oyida yakunlanadi. 5. Xiva turizm va m adaniy meros texnikumini rekonstruksiya qilish bo‘yicha pudratchi tashkilot “Xam kor Gaz-Neft Q urilish” M ChJ. Limit 11,5 mlrd so‘m, bajarilgan ish 6.7 m lrd so‘m (58%) ni tashkil etadi. Ob’ektda ishlar 2022 yil dekabr oyida yakunlanadi. II. 4 ta ob’ekt Sam arqandda ShHT Samiti tadbirlari jarayonida tayyorlash bo‘yicha 29.5 m lrd.so‘m limit belgilangan bo‘lib, ayni paytgacha 21,5 m lrd.so‘m (73,0%) hajmda ish bajarildi. Bu borada kuni kecha qabul qilingan V azirlar M ahkam asi qarori asosida barcha belgilangan ishlar dekabr oyiga qadar yakunlanadi. Jum ladan: 1) “Turizm va madaniy meros ta ’lim bog‘i”ni barpo etish bo‘yicha belgilangan 8,0 m lrd.so‘m limit asosida bo‘yicha 6,5 m lrd.so‘m (81,2%) qiymatda ish bajarilgan. 2) “A rt rezidensiya” obyekti bo‘yicha belgilangan 12,0 m lrd.so‘m limit asosida 9,0 m lrd.so‘m (75%) ish bajarilgan. 3) Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi doirasida ochilishi mo‘ljallangan madaniy meros ob’ekti (Samarqandsh. Boburmirzo ко ‘cha, 3-nyJ negizida “Ipak yo‘li instituti”ni tashkillashtirish bo‘yicha 3,0 m lrd.so‘m miqdorda belgilangan limit hisobidan 2,0 m lrd.so‘in (66,7%) ish bajarilgan. 4) “Ipak yo‘li” san’at galereyasi bo‘yicha belgilangan 6,5 m lrd.so‘m limit hisobidan 4,0 m lrd.so‘m (61,5%) ish amalga oshirildi. 2022 yilgi ishlar 74 foizga bajarildi va qolgan ishlarni dekabr oyiga qadar to‘liq yakunlanadi. 8-savol, Sam arqand shahridagi yangi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti butun dunyodan ko‘plab ta’sirchan professor-o‘qituvchilarning borligi bilan ajralib turadi. Universitet va hukum at turizm ni rivojlantirish uchun qay darajada ham korlik qilmoqda? Davoin etayotgan loyiha bormi? Ipak y o ii universitetining O ‘zbekiston turizm i bilan bog‘liq m aqsadlari qanday? S-savolga iavob: “Ipak yo‘li” turizm va madiny meros xalqaro universiteti — Xalqaro turizm va madaniy meros sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarni olib borish bo‘yicha respublikaning tashabbuslarini amaliy ro‘yobga chi garish. Shanxav Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlarning tarixiy, madaniy-gumanitar, iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda bakalavrlar va magistrlar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 25 nomdagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olishadi. Sifatli ta’limni joriy qilish uchun universitet o‘z oldiga bir qancha vazifalami qo‘ygan. Jumladan: S Zamonaviy innovatsion ilmiy-pedagogik texnologiyalarni, fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini qo‘llagan holda turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro ta’lim standardariga muvofiq sifatli tayyorlashni ta’minlash; ■f Ta’limning tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish, yosh talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida ta’lim tizimiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari tajribasini joriy qilish; ■f Turizm va madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modemizatsiya qilishga qaratilgan yangi ta’lim dasturlarini hamda o‘qitishning innovatsion shakllarini ishlab chiqish va joriy etish; S Istiqbolli yosh bitiruvchilami chet el oliy ta’lim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada o‘qishga muntazam ravishda yuborish orqali Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, pedagogik texnologiyalar va o‘qitish uslublarini faol takomillashtirish; v'' Ta’lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish; S Turizm va madaniy meros sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish; S Turistik faoliyatni va turizm sohasida logistika faoliyatini amalga oshirish. M a’lumki, turizm sohasi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri sifatida belgilab berilgan. Turizm iqtisodiy manfaatlar, investitsiyalar, bilim larva nou-xaulaming juda samarali yo‘lboshlovchisi bo‘lganligi sababli, u tegishli tarmoqlar uchun o‘sish multiplikatori sifatida ahamiyatli. Shu maqsadda 0 ‘zbekiston hukumati turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda: soliq, moliyaviy, kredit; sayohatlarni rag‘batlantirishning “cashback” va “tax free” kabi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda, biznes tartiblari optimallashtirilmoqda. Qolaversa, umumiy yondashuvlar o‘rniga har bir viloyat, tuman, mahallani rivojlantirish bo‘yicha individual maqsadli rejalarga o‘tildi. Samarqand misolida keltirsak, shahar o‘zgarganini, yangi aeroport terminali, “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi va boshqa ko‘p narsalami ko‘rish mumkin. Masalan, 40 ta yangi mehmonxona, restoranlar, yaxshilangan yo‘l infratuzilmasi va boshqalar. Bunday rivojlanish dasturlari esa mamlakatimizning har bir hududida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, turizm sohasining hozirgi o‘sish dinamikasidan kelib chiqib aytsak, ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlashga qo‘yadigan talabi va uni amalga oshirishda modemizatsiyalashgan yondashuv juda muhim hisoblanadi. Shunga ko‘ra, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti oldida jiddiy vazifalar qo‘yildi. Sayyohlik maskanlarimiz, madaniy meros obyektlarimiz e’tirofmi oshirish, sayyohlar jo‘g‘rofiyasi va reyslar sonini ko‘paytirish, 0 ‘zbekistonning turistik brendini xorijda targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu vazifalarni samarali amalga oshirishda, barqaror turizmni yo’lga qo‘yishda, shubhasiz, raqobatbardosh kadrlar zaruratini keltirib chiqaradi. Universitetimiz talabalarining o’quv dasturlari raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun xalqaro tajribalarga asosan muvofiqlashtirilgan. Shuningdek, hududiy ish beruvchilar, xususiy sektorlar bilan hamkorlikda o‘quv dasturlari takomillashtirildi.