Bosh konsulxona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi

Xorijiy kompaniyalar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan iborat ko‘rgazmasi


2022-yil 14-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida YUNЕSKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi doirasida “Hilton” mehmonhonasida xorijiy kompaniyalar hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan iborat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada kichik yoshdagi bolalar ta’limi bilan bog‘liq faoliyat yurituvchi quyidagi tashkilotlar ishtirok etishi mumkin:
Dasturiy ta’minot va mobil ilovalarni ishlab chiquvchilar;
o‘quv-uslubiy va didaktik materiallarni ishlab chiqaruvchilar;
o‘quv o‘yinlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchilari;
Yosh bolalar uchun media-kontent ishlab chiqaruvchilar;
Ilmiy tashkilotlar va tadqiqot institutlari;
bolalar va o‘qituvchilar uchun adabiyotlar ishlab chiqaruvchi nashriyotlar;
ta’lim muassasalari;
nogiron bolalar uchun maxsus jihozlar ishlab chiqaruvchilar;
bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar;
bolalar muassasalari uchun mebel va jihozlar ishlab chiqaruvchilar;
Maktabgacha ta’lim sohasida ishlaydigan konsalting kompaniyalari.
Ko‘rgazmada ishtirok etish istagidagi xorijiy kompaniyalarning talabnomalari joriy yilning 28 sentyabr kuniga qadar invest.uzbekistanconsulate@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun +0212 323-20-39 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.