O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tashabbuskorligida “SAMITOL TOUR” sayyohlik kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda Istanbul shahridan ko‘pgina mamlakatlarga turk va boshqa davlat fuqarolari uchun ziyorat turizmi sayohatlarini tashkil etish bilan shug‘ullanadigan “Mebrur Turizm” firmasi rahbari Abdulhakim Shahin bilan uchrashuv tashkil etildi
Muloqot davomida Turkiya tomoni vakillari respublikamizning boy sayyohlik salohiyati va bu sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ular berayotgan salmoqli natijalar bilan tanishtirilgani barobarida turk tilida tayyorlangan reklama mahsulotlari, videoroliklar ham taqdim etildi.
Xususan, “SAMITOL TOUR” kompaniyasi xodimlari tomonidan
“7 kunlik ziyorat sayyohligi. Sayohat qiling, sog‘lom bo‘lasiz, Imom Buxoriyning diyoriga ziyorat sayohati” nomli maʼlumotnoma hamda 20 ga yaqin videoko‘rsatuvlar turk tomoniga juda maqbul bo‘ldi.
O‘z navbatida A.Shahin Bosh konsulxona tomonidan Naqshbandiya tariqati aʼzolariga O‘zbekistonga safarlarni tashkil etishda ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. U Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Qarshi va boshqa tarixiy shaharlar bo‘ylab tashkil etilgan safarlardan so‘ng o‘zbeklar zaminiga bo‘lgan qiziqish yana-da kuchayib borayotganini maʼlum qildi.